Diego Godin rasman "Atletiko Mineyro" o'yinchisi sifatida tanishtirildi

Alisher
22 yanv 2022, 12:56
"Atletiko Mineyro" himoyachi Diego Godinni rasman tanishtirdi.

O'yinchining jamoaga o'tishi 12 yanvarda e'lon qilingandi. Futbolchi bugun shartnoma imzoladi va klubga qo'shildi.

Bitim uzaytirish imkoniyati bilan 2022 yilning 31 dekabriga qadar tuzilgan. Urugvaylik jamoada 3-raqam ostida to'p tepadi.

35 yoshli urugvaylik joriy mavsum "Kalyari" safida 12ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: atletico.com.br