Dide Desham: "Oldimizda hali ko'p o'yinlar kutib turibdi"

Aziz Tukhtamuradov
21 iyun 2014, 08:14
Fransiya terma jamoasi ustozi Dide Desham Shveytsariyaga qarshi o'yindan so'ng jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
"Bizga qarshi qattiq jamoa to'p surdi. Biz ularga 5 ta to'p kiritib g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldik. Bu ajoyib. Biz ikkita o'yindan so'ng olti ochko jamg'ardik va pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritishga yaqin turibmiz.
Lekin, bu shunchaki musobaqaning dastlabki o'yinlari. Oldimizda yana bir qancha o'yinlar va ishlar kutib turibdi", - deydi Desham.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net