Dibala Messi haqida: "Biz o'xshashmiz"

Tolibjon Qosimov
2 apr 2020, 06:13
"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala o'zi va "Barselona" forvardi Lionel Messini o'xshash uslubda o'ynaydi deb hisoblaydi.

Dibala o'tgan yozda Messi bilan Argentina terma jamoasida o'ynash qiyin ekanligini aytganidan so'ng tanqidlarga uchragandi.

"Hech qachon jamoadoshimni tanqid qilishni xohlamaganman. Shunchaki o'sha paytda ishlamayotgan jihatlarni to'g'rilashni xohlagandim.

Men Leo bilan gaplashdim. Chunki, biz taktika jihatdan juda o'xshashmiz.

JCH-2018 yoki Amerika kubogida o'yin amaliyotim ko'p bo'lmadi. Lekin, o'sha paytda ham men murabbiylarning qarorini hurmat qildim", dedi Dibala.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com