Dibala Dortmundning "Borussiya" klubidan taklif oldi

Alisher
5 may 2022, 18:47
"Yuventus" o'yinchisi Paulo Dibala Dortmundning "Borussiya" klubidan taklif oldi.

Futbolchi uchun kurashda Milanning "Inter" klubi yetakchilik qilmoqda. Dibalaning "Yuventus" bilan shartnomasi ushbu yilda yakuniga etadi va yarim himoyachining klubdan ketishi aniq bo'lib ulgurgan.

Dortmundning "Borussiya" klubi Dibalaga yiliga 4,5 million evro maosh taklif qildi.

Dibala joriy mavsum A Seriya doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport