Dibala “Barsa”ga qarshi javob o'yinida maydonga tushishi mumkin

Aslanov Jasurbek
17 apr 2017, 01:48
“Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala “Barselona”ga qarshi YCHL chorak final javob o'yinida maydonga chiqishi mumkin.

Ushbu ikki jamoa o'rtasidagi bahs chorshanba oqshomida Kataloniyada bo'lib o'tadi.

“Yuventus” hujumchisi Italiya chempionatining “Peskara” (2:0)ga qarshi bahsda oyog'inining boldir suyagidan jarohatlanib, zaxiraga olingandi.

Turin klubi vakillari futbolchi “Barselona”ga qarshi bahsga qadar to'liq jarohatdan forig' bo'lishiga ishonishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia