

Amad Diallo va Brayann Mbemo "Manchester Yunayted" tarkibidagi mashg'ulotlarga qaytdi. Bugun Maykl Kerrik va uning murabbiylar jamoasi Karringtonda o'zlarining ilk mashg'ulotini o'tkazdi.
Ikkala o'yinchi ham Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etib, turnirning chorak finaligacha yetib bordi. Kot-d'Ivuar va Kamerun terma jamoalari musobaqadan chiqib ketgach, ular "Manchester Siti"ga qarshi shanba kuni bo'ladigan derbiga tayyorgarlik ko'rish uchun MYU bazasiga qaytishdi.
Nussair Mazraui hamon jamoada yo'q, chunki u Marokash terma jamoasi safida Afrika kubogi finaliga chiqish uchun Nigeriyaga qarshi o'ynaydi.




