

"Albatta, men Zlatan MYUga qaytishini xohlayman. U yana biz uchun asosiy nishonga aylandi. O'tgan mavsum uning kelishi jamoaga katta turtki bergan edi. U zo'r o'yinchi va ajoyib inson. U bilan hammasi yaxshi bo'ladi", - dedi Blind.
Eslatib o'tamiz, 35 yoshli shved tizzasidan jiddiy jarohat olgan va joriy yil oxirigacha safdan chiqqan. Hozir tiklanishga katta urg'u bergan va yana MYU uchun o'ynamoqchi. Klub jarohat sabab u bilan 30 iyunda yakuniga etgan shartnomani uzaytirmagan edi.




