Devis: "Beylni "Real"da nohaq tanqid qilishmoqda"

Tolibjon Qosimov
25 mar 2019, 18:01
"Tottenxem" himoyachisi Ben Devis Uels terma jamoasidagi sherigi Garet Beylning "shporlar" safiga qaytish ehtimoli haqida gapirdi.

"Oxirgi vaqtlarda Beyl Madridda tanqidlar yomg'iri ostida qolib ketdi. Lekin, Uels terma jamoasi uchun o'yinlarda u hamisha ajoyib.

Men hamisha tanqidlar nohaq ekanligi haqida gapirib kelganman. U dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biri, biz buni har kuni mashg'ulotlarda ko'ramiz.

Uning "Tottenxem"ga o'tishidan xursand bo'lardim. Lekin, bu haqiqatga qanchalik yaqinligini bilmayman", - dedi Devis.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: goal.com