

"Ushbu uchrashuvni qanday boshlaganimizni inobatga olib, qo'lga kiritilgan ochkodan xursand bo'lishimiz kerak. Biz o'yinga qaytish uchun jasorat va xarakter ko'rsatdik. Bu oson bo'lmadi, lekin bu jamoaning qatiyatini ko'rsatadi. Yakunda uch ochko ololmaganimizdan hafsalamiz pir bo'ldi, albatta. Biz Garet Beylga ishongan edik, u bizning penalti tepuvchimiz va boshqa yo'l ham yo'q edi. Bugun Angliya yaxshi o'ynadi, shuning uchun Eronni kamsitmaymiz. Bizni qiyin o'yin kutib turgani aniq", – dedi Devis.



