
“Men bor kuchimni “Mayami”ga yangi kuchli futbolchilarni jalb etishga sarflayman. Ushbu yo'nalishda jamoaning bosh murabbiyi va menejeri bilan birga ishlamoqchiman.
Men uchun bu juda muhim. Barcha qarorlarni investorlar va hamkorlar bilan maslahatlashgan holda o'zim qabul qilaman.
“Mayami”da o'ynaymanmi yoki yo'qmi buni hali aniq ayta olmayman. Yuragim “ha”, organizm esa “yo'q” deyapti. Futbolni doim sog'inaman, bu ayniqsa o'yinlarga tashrif buyurganda seziladi.
“Mayami”ga jahonning eng kuchli o'yinchilarini jalb qilmoqchimiz. Ularning barchasini bir jamoa yig'ish qanday bo'lishini yaxshi bilaman”, - deydi Bekxem.