

Development Cup nomli musobaqada O'zbekiston o'smirlar termasi ilk uchrashuvini kecha, 18 aprel kuni Makedoniya U-15 futbolchilariga qarshi o'tkazib, 2:1 hisobida zafar quchdi.
17–23 aprel kunlariga belgilangan turnir davomida Dilshod Nuraliev shoigrdlari Armaniston va Kipr mamlakatidagi tengdoshlariga qarshi ham kuch sinashadi.
Mazkur musobaqa O'zbekiston o'smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.




