Dest: "Messi bilan birga Ronalduga qarshi o'ynash - o'zgacha hissiyot bo'ladi"

Mirjalol Normatov
8 okt 2020, 23:56
"Barselona"ning yangi futbolchisi Serjino Dest YCHL guruh bosqichiga tashlangan qur'a haqida gapirdi.

"Messi bilan birga Ronalduga qarshi... O'zgacha hissiyot bo'ladi. Umid qilamanki, shunday hislarni menga taqdim qilishadi. Bu men uchun ajoyib holat bo'lardi.

Klub uchun barchasiga tayyorman. LaLiga va YCHLni yutishni istayman. "Kamp Nou"da muxlislar qarshisida o'ynashni intizorlik bilan kutyapman.

"Barselona" tarixidagi ilk amerikalik bo'lish - men uchun g'urur. Har bir yosh futbolchiga chin dildan mehnat qilib, shunday yirik klublarda o'ynashini tilab qolaman", - dedi Dest.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal