Desham Jiruga maslahat berdi

15 dek 2019, 23:21
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Olive Jiruning "Chelsi"dagi hozirgi mavqeyidan norozi.

Chunki, Jiru joriy mavsum davomida atigi ikki marta boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi.

"Jiru klubini almashtirishi kerak. So'nggi ikki oy ichida uning "Chelsi"dagi holati o'zgarmadi.U ko'proq o'ynashga imkon beradigan klubga o'tgani maqul. Qarorni Jiruning o'zi qabul qiladi. Unda qanaqa takliflar bor, bunisi menga qorong'u. Terma jamoaga chaqirish uchun avvalo futbolchilarning hozirgi holatiga e'tibor qaratamiz. U buni biladi va o'zi uchun qaror qabul qilishi kerak", - deydi mutaxassis Goal.com nashriga.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com