Depay "Napoli"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Mirjalol Normatov
23 fev 2022, 23:14
"Barselona" forvardi Memfis Depay Yevropa ligasidagi "Napoli"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

28 yoshli forvard jarohatidan forig' bo'lish jarayonlarini davom ettirmoqda. U shu sababdan "ko'k-anorranglilar"ning "Napoli"ga qarshi o'yini qaydnomasiga kiritilmadi.

Niderlandiyalik 12 yanvar kunidan buyon maydonga tushgani yo'q. U jamoasining so'nggi 6 o'yinida ishtirok etmadi.

"Barselona"ning Yevropa ligasi 1/8 finali doirasida "Napoli"ga qarshi safar o'yini 24 fevral kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal