Dembele "Oltin to'p"ning muqobilini qo'lga kiritdi

Sherzod Nurmatov
12 sen 2025
Fransiya terma jamoasi va PSJ hujumchisi Usmon Dembele 2025 yilgi "Onze d'Or 2025" sohibiga aylandi.

Yevropaning eng yaxshi futbolchisi uchun so'rovnomada ("Onze Mondial" talqinida) Dembele raqiblari Yamal va Mbappeni ortda qoldirdi.

Dembele 32,5% ovoz oldi. Ikkinchi o'rinni "Barselona" vakili Lamin Yamal (30%) egalladi. Kuchli uchlikka "Real" hujumchisi Kilian Mbappe kirdi. U 12,5% ovoz yig'di.

Usmon Dembele PSJ uchun 2024/25 yilgi zafarli mavsumning bosh qahramoni sanaladi, ular treblga erisha oldilar (Liga 1, Fransiya Kubogi, Chempionlar Ligasi). Dembele o'sha mavsumda 53 o'yinda maydonga tushib, 35 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Onze d'Or mukofoti – Fransiyaning "Onze Mondial" jurnali talqiniga ko'ra, Yevropaning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan "Oltin to'p"ning analogi hisoblanadi. Ushbu mukofot "lanat" deb hisoblanadi, chunki so'nggi ikki yilda bu mukofotni Erling Holand va Vinisius Junior qo'lga kiritgan, ammo ular yakunda "Oltin to'p"ni yutmagan.

"Oltin to'p"ni topshirish marosimi 23 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: beIN SPORTS