

Eslatib o'tamiz, mutaxassis ma'lum vaqt murabbiylikdan chetda bo'lishni, dam olishni istashini e'lon qilgandi.
"Moliyaviy vaziyatimiz unchalik yaxshi emas va bu klub meni taklif qilishining sabablaridan biri. Biz boshqa boy klublar kabi pul ishlata olmaymiz va bu holat, "Barsa"ga kelib, darhol barcha sovrinni yutishni istaydigan murabbiyni ranjitadi. Afsuski, biz bunday imkoniyat yaratib bera olmaymiz. Shu sababli, Yurgen Kloppni taklif qilmaymiz, hozir emas.



