Defo APL to'purarlari orasida 8-o'ringa chiqib oldi

Narzulla Saydullayev
6 noya 2016, 08:15
Sanderlend hujumchisi Jermeyn Defo APL 11-turida Bornmutga qarshi o'yinda (2:1) gol urdi.

Bu gol Defo uchun APLdagi 149-gol bo'ldi. 34 yoshli hujumchi Les Ferdinandga yetib oldi va musobaqa to'purarlari orasida sakkizinchi o'ringa chiqib oldi.

Eng ko'pni Alan Shirer urgan - 260. Undan keyingi o'rinlarda Ueyn Runi (194), Endi Koul (187), Frenk Lempard (177), Teri Anri (175), Robbi Fauler (163), Maykl Oven (150).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/GracenoteLive