De Yong MYU, "Siti", "Bavariya" va PSJning qiziqishiga qaramay, "Barsa"dan ketmoqchi emas

Alisher
13 may 2022, 18:17
Frenki de Yong "Barselona"dan ketmoqchi emas.

25 yoshli yarim himoyachi "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Bavariya" va PSJdan taklifga qaramay hech kim bilan kelishuvga erishmadi, sababi Kataloniya klubida qolishni xohlamoqda.

Niderlandiyalik futbolchi kelasi mavsum Chempionlar Ligasida o'ynamaydigan klubga o'tishni xohlamayapti.

Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 31ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Cadena SER