De Yong: "Messi qolishidan juda ham mamnunman. U dunyoning eng yaxshi futbolchisi"

Alisher
5 sen 2020, 18:06
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong "Barselona" forvardi Lionel Messining Kataloniyada qolish qaroriga munosabat bildirdi.

"Shaxsan men uning qolganidan juda ham mamnunman. U dunyoning eng yaxshi futbolchisi va uning qolishi faqatgina quvontiradi.

Bu klub va Messining ishi. Bu ishga aralashmadim va umuman Barselonada emas edim, barchasini tashqaridan kuzatdim", - deydi de Yong.

Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi ayni damda Millatlar Ligasi sabab Niderlandiya terma jamoasi bilan birga.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: elespanol.com