De Xea nega "Real"ga o'tmadi?

Aslanov Jasurbek
2 sen 2015, 10:15
"Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea transfer oynasi yopilguniga qadar "Real"ga o'ta olmadi.

Kecha saytimiz tomonidan "Real"ning David De Xea "Qirollik klubi"ga o'tmaganligi sababining bayonotini taqdim etgan edik. Endi ingliz tomonidan berilgan ma'lumotlarni e'tiboringizga havola etamiz.

Transferga Angliyadan qarash: Kelishuvda ikki shartnoma ko'zda tutilgan edi. De Xeaning ketishi va Keylor Navasning kelishi. "Yunayted" o'z vaqtida hujjatlarni topshirdi. "Real" darvozaboni so'nggi onda shartlarni o'zgartirdi. O'z vaqtida kelishuvga erisha olishmadi - 0:28.


Kostarikalik Madridni tark etishni istamayotgan edi. Uni faqat maoshining ikki baravar oshirilishi (4 mln. evro) va asosiy tarkibdan joy kafolatlanishi MYUga o'tishga ko'ndirdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru