De Vrey Lacio bilan 5 yillik shartnoma tuzadi

Narzulla Saydullayev
28 iyul 2014, 13:34
Feyenoord himoyachisi Stefan de Vrey Lacioga o'tishga yaqin, deb xabar bermoqda De Telegraaf nashri.
Ikki kun ichida 22 yoshli Gollandiyalik futbolchi Rim klubida tibbiy ko'rikdan o'tadi va 5 yillik shartnomaga imzo chekadi.

Transfer 8,5 million evroga baholanmoqda.

De Vrey Lacioga o'tsa Yap Stam va Aron Vintyerdan keyin ushbu klubda o'ynagan uchinchi gollandiyalikka aylanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru