De Rossini AQSHda kutishmoqda

15 may 2019, 09:29
“Roma”dagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan Daniele de Rossiga AQSHdan takliflar bor.

Futbolchiga ayni damda “Nyu-York Siti” jamoasidan taklif kelib tushgan. Qayd etish joiz, mazkur klubda vaqtida Andrea Pirlo ham to'p surgan. Daniele ham Pirlo izidan borib, AQSHda biroz vaqt to'p surib, faoliyatiga nuqta qo'yishi kutilmoqda. Eslatib o'tamiz, 20 yillik faoliyatini “Roma”ga bag'ishlagan futbolchi klubdan ketishini kecha rasman e'lon qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football24