De Laurentis: "Gamshik hali uzoq vaqt "Napoli"da o'ynaydi"

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2018, 09:45
"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis yarim himoyachi Marek Gamshikning klubdan ketishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Allegri "Milan"da ishlagan paytida, ulardan Gamshik bo'yicha taklif kelgan. Keyinroq "Yuventus"dan. Allegri Marekni o'z jamoasi safida ko'rishni istaydi.

Marekning Xitoy klubiga o'tishiga ishonmaganman. U xali uzoq vaqt "Napoli" sharafini himoya qiladi" - deydi De Laurentis.

Yakunlangan mavsumda Gamshik A Seriyaning 38ta uchrashuvida maydonga tushib, 7ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia