De Bur Zaxaga "Liverpul"ga o'tishni maslahat berdi

Aslanov Jasurbek
15 yanv 2018, 20:17
"Kristal Pelas" sobiq bosh murabbiyi Frank de Bur jamoa yarim himoyachisi Uilfrid Zaxa joriy mavsum oxirida "Liverpul"ga o'tishi kerakligini aytdi.

Joriy mavsum 25 yoshli futbolchi 17ta o'yinda 5ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.

"Afsuski u qo'l ostimdagi ilk uchrashuvdayoq jarohat oldi. Bizga u yetishmadi, chunki Uilfrid yo'q joydan gol yasay olardi. U hozir jamoadan ketishi kerak deb o'ylamayman, biroq mavsum oxirida "Liverpul"ga o'tsa, u ajoyib tanlovni amalga oshirgan bo'ladi" - deydi de Bur.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia