

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne "Manchester Yunayted"ga qarshi (6:3) Angliya Premer-ligasining 9-tur uchrashuvida 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "shaharliklar" safidagi jami assistlari soni 94 tani tashkil qiladi.
"Sky Sports" talqiniga ko'ra, de Bryuyne "Manchester Siti" tarixidagi eng yaxshi assistent bo'ldi. U 93 ta golli uzatmasi orqali "Siti" sobiq futbolchisi David Silvaning rekordini yangiladi.



