Davron Abdurahmonov: "Dinamo"ga jiddiy qarshilik ko'rsatdik"

Sherzod Nurmatov
2 dek 2021
Futzal bo'yicha Oliy liganing 3-tur uchrashuvlari boshlandi. Dastlabki kunning ilk bahsida chempionlik kurashayotgan AGMK klubi "Dinamo"ga qarshi maydonga tushdi.

Qiziqarli kechgan bahsda 3:2 hisobida olmaliqliklar g'alaba qozonishdi. Uchrashuvdan so'ng klub yetakchi futzalchisi Davron Abdurahmonov fikrlariga quloq tutdik.

"O'yin oldidan raqib jiddiy qarshilik ko'rsatishini bilardik. Chunki "Dinamo"da yoshlar ko'pchilikni tashkil etadi. Kutilganidek, qiyin bahsni o'tkazdik. Ammo jamoamiz futzalchilari g'alaba qozonish uchun oxirigacha harakat qilishdi. Shu bois ularga minnatdorchilik bildiraman. 

Mazkur o'yinda g'alaba qozonishimiz muhim edi. Biz qolgan ikki o'yinda ham muvaffaqiyatga erishmoqchimiz. Aynan shunday maqsadlarni oldimizga vazifa qilganmiz", - deya so'zini yakunladi Abdurahmonov.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia