Darmian nima uchun “Parma”ni tanlaganini aytdi

MYUdan kyetib, “Parma”ga o'tgan Matteo Darmian nima uchun aynan ushbu klubni tanlaganiga aniqlik kiritdi.

“Nima uchun “Parma”ni tanladim? Chunki futbol o'ynashni xohladim. “Parma”da men o'yin amaliyotiga ega bo'laman. MYUda esa kelajagim mavhum bo'lib qolgandi. APLda jismoniy holatga e'tibor juda katta. Italiyada esa har doim taktik jihatga e'tibor beriladi. Angliyada bo'lgan vaqtimda ko'p narsa o'zgargan deb o'ylamayman. Chempionatda kuchli o'yinchilar paydo bo'lgan. Bu esa jamolarning darajasini oshishiga olib keladi”,-deydi Matteo.


Manba: Football Italia