Dario Srna: Van Persi va Runi dunyoning eng kuchli hujumchilari

Narzulla Saydullayev
2 okt 2013, 14:44
Doneckning Shaxter klubi himoyachisi Dario Srna YCHL 2-turidan o'rin olgan Manchester Yunaytedga qarshi o'yindan oldin raqib haqida o'z fikrlarini bildirdi.
– Kuchli raqibga qarshi og'ir o'yin kutib turibdi. Bu futbol bayrami, stadion to'lishiga shubham yo'q. O'yinda ijobiy natijaga erishish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

Manchester Yunayted klubi va futbolchilariga xurmatim baland. Van Persi va Runini dunyoning eng kuchli hujumchilari deb hisoblayman. Vidich – eng yaxshi markaziy himoyachi. Fellaini, Karrik, Evra kabi o'yinchilar ham yuqori darajadagi ijrochilar. Ularda tajriba juda katta, – deydi Srna.

Shaxter – MYU uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru