Danni Uelbek "Fulxem"ga qarshi o'ynay olmaydi

Narzulla Saydullayev
2 noya 2013, 10:09
"Manchester Yunayted" hujumchisi Danni Uelbek "Fulxem"ga qarshi o'yinda ishtirok eta olmaydi.
Uelbek hafta davomida jamoa bilan shug'ullandi, ammo "Kreyven Kottadj"da maydonga tushish uchun etarli formaga kirib olmadi. Danni "Real Sosedad"ga qarshi YCHL doirasidagi o'yinga tayyor bo'lishi kutilmoqda.

"Uning tizzasida muammo paydo bo'ldi, hozircha u mashg'ulotlarni o'tkazmoqda va eng yaxshi formaga kirib bormoqda", - deydi "Yunayted" ustozi Devid Moyes Manchester Evening News nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net