

Daniya futbol federatsiyasning bayonot berishicha, Daniya hamda Finlyandiya o'rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 23:30 dan davom ettiriladi. Buni UEFA ham tasdiqladi.
Birinchi bo'limning so'nggi 4 daqiqasi o'ynaladi va 5 daqiqalik tanaffus beriladi. Keyin esa ikkinchi bo'lim boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, Yevropa chempionati "B" guruhidan o'rin egallagan Daniya – Finlyandiya bahsining birinchi bo'limi davom etayotgan paytda Kristian Eriksen yurak xuruji tufayli maydonga yiqildi. 29 yoshli Eriksenga chuqur tibbiy tekshiruv zarurligi ma'lum qilindi. Biroq futbolchi o'z hushiga kelgan.
Alohida aytish kerakki, bosh hakam Entoni Teylor hamda shifokorlar tez reakciya ko'rsatib, Eriksenning hayotini saqlab qolishda muhim o'rin tutishdi. Futbolchi zudlik bilan shifoxonaga olib ketildi.



