Daniel Alves: Forster Barselona uchun ajoyib xarid bo'ladi

Narzulla Saydullayev
5 okt 2013, 09:29
Barselona himoyachisi Daniel Alves klubda Seltik darvozaboni Freyzer Forsterni ko'rishni istashini aytib o'tdi.
Biz bir yil ichida Seltik bilan uch marta to'qnash keldik, barcha o'yinlarda Forster ajoyib harakat qildi. Unga qarshi jahonning eng kuchli futbolchilari harakat qilishdi, jamoasi mag'lub bo'layotganida ham u o'zini ajoyib tutdi.

Barselona doimo top-futbolchilarni qidiradi. Men Forsterni aynan shunday futbolchi deb bilaman.

Tushunarliki hozir transferni amalga oshirib bo'lmaydi, ammo agar Forster Barselonaga o'tsa bu klub uchun ajoyib harid bo'lardi, – deydi Alves.

Eslatib o'tamiz, Barselonaning hozirgi posboni Viktor Valdes 2014 yil yozida klubdan ketmoqchi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru