

"U Nikolichgacha bo'lgan davrada yaxshi harakat qildi. O'tgan mavsum jamoaning taktikasida o'zgarish bo'ldi va u uchun omadsiz mavsum bo'ldi. Futbolchini vaqtida sotish kerak. SSKA Abbosni 500 mingga sotib olgandi va endi 7,5 millionga sotmoqda. Bu jamoa uchun ajoyib kelishuv", - dedi Grishin.
Eslatib o'tamiz, kecha Fayzullaev Turkiyaga yetib borgandi. Bugun futbolchi "Istanbul Bashakshehir" uchun tibbiy ko'rikdan o'tishi lozim.



