Aytish kerakki, hozirda mashg'ulotlarda qatnashayotgan futbolchilar bankirlar bilan kelisha olsa, birinchi ligada o'z oldiga kuchlilar safiga chiqishni maqsad qilgan jamoalarga jiddiy bosh og'riq bo'la oladi. Chunki Toshkent jamoasida o'z vaqtida hattoki terma jamoamiz safida o'ynagan futbolchilarning shug'ullanayotganini ko'rish mumkin. Yaqinda Italiya A seriyasi vakili Torino bilan kelishuvga erishgan Ilyos Zeytullaev ham bungacha "NBU-Osiyo" yig'inida ishtirok etayotgandi. Dushanba kuni poytaxtda start olgan PFL Kubogida o'z ishtirokini boshlagan "NBU-Osiyo" dastlabki uchrashuvini Paxtakor yoshlariga qarshi o'tkazib, g'alaba qozondi. Mazkur bahsda Irismetov jangavor tarkibni maydonga tushirdi. Darvozani Yuriy Coy qo'riqlagan bo'lsa, himoya chizig'i Abdumajid Toirov boshchiligida tuzildi. Shuningdek tajribali Aleksey Nikolaev, Leonid Koshelev, Andrey Vlasichev, Zayniddin Tojiev singari futbolchilar ham ayni damda bankirlar bilan birga shug'ullanayotgani e'tiborga molikdir. Ularning jamoaga kelishi qay tarzda amalga oshmoqda? Umuman tayyorgarlik jarayonidan murabbiyning ko'ngli to'lyaptimi? Shu va boshqa bir qator savollarga javob olish maqsadida Irismetovni suhbatga chorladik.
"PFL Kubogidagi ishtirokimiz omadli boshlanganidan xursandman", - deya gap boshladi "NBU-Osiyo" ustozi. O'yin haqida nima deyish mumkin? Bunday qorli maydonda sifatli o'yin namoyish etish oson emas. To'pni nazorat qilib bo'lmaydi. O'yinchilar individual harakatlarini ish solishiga to'g'ri keladi. Bugun ham har ikkala jamoa yigitlari shunday harakat qildi (suhbat 10 fevral kuni bo'lib o'tgan-I.R). Lekin futbolchilarimizning ko'zida g'alabaga bo'lgan tashnalikni ko'rish mumkin edi. Ular katta ishtiyoq bilan o'ynashdi. Bu har qanday murabbiyni xursand etadi. 2:0 hisobida oldinda borayotgan paytimizda yana bir nechta gol urish uchun yaxshi imkoniyatlar yuzaga kelgandi. Ammo undan unumli foydalana bilmadik. Keyin "Paxtakor" yoshlari hisobni qisqartirishga erishdi. Shundan so'ng ozgina asabiy o'yin bo'ldi. Umuman olganda futbolchilarning harakatlaridan ko'nglim to'ldi. To'g'ri o'z vaqtida kamchiliklar ham uchrab turdi. Lekin qor qoplangan maydonda o'ynaganimiz uchun bu borada ortiqcha etiroz bildirish noo'rin. Muhimi kerakli natijaga erishdik. "Paxtakor" tarkibida to'p tepgan futbolchilar ham iqtidorli yigitlar ekanligi ko'rinib turibdi. Ammo ular ham bunday maydonda to'liq o'zini ko'rsatishga qiynaldi. Ularning ko'pchiligi o'rinbosarlar safidagi futbolchilardir.
- O'tgan yili futbolchilikn yakunlab ma'lum muddat murabbiy sifatida ishlagan Abdumajid Toirovni yana futbol o'ynashni davom ettirayotganini ko'ryapmiz. Bu haqda nima deysiz?
- Toirov ayni paytda ham bemalol futbol o'ynay oladi. Buning uchun u o'zida kuch topa olmoqda. Shunday ekan Abdumajidning futbol o'ynashiga qarshi chiqib bo'lmaydi. To'g'risini aytganda bu tajribali himoyachi bugungi kunda ayrim yoshlardan ham kerak bo'lsa, yaxshi o'ynay oladi. Futbolchining pasportiga qarab, o'ynatish kerak emas. Agarda Toirovdek futbolchi bu yil jamoamizda o'ynaydigan bo'lsa, bu biz uchun ham foydali bo'ladi. Chunki Abdumajidda futbolchi va murabbiy sifatida etarlicha tajriba bor. Joriy yil murabbiy sifatida debyut mavsumimni o'tkazaman. Bunday paytda menga ham uning yordami tegadi deb hisoblayman.
- Coy, Nikolaev, Koshelev, Vlasichev, Tojiev singari jamoangiz yig'inida ishtirok etayotgan futbolchilar haqida qanday fikrdasiz?
- Aleksey Nikolaevning bugungi tayyorgarligi juda ham yaxshi. Jismoniy tomondan ham unda barchasi ijobiy. Shuningdek o'yin amaliyoti etarli. Leonid Koshelevga keladigan bo'lsak, u hozirda asta-sekin sport formasini tiklab bormoqda. Biroq baribir bu yigitlarda katta tajriba bor.
- Asosiy tarkib aynan mazkur futbolchilar ishtirokida tuzilmoqda. Ertaga ularga oliy liga jamoalaridan taklif bo'lsa, ketishi aniq. Keyin ularning o'rnini to'ldirish muammo keltirib chiqarmaydimi?
- Biz bu haqda o'ylab ko'rdik. Shuning uchun ikkita teng kuchli tarkib shakllantirib bormoqdamiz. Ayni paytda yig'inimizda 40 nafar futbolchi ishtirok etmoqda. Ularning ko'pchiligi yoshlardan iborat. Aynan shu yoshlardan ham bitta tarkib tuzganmiz. Agarda siz aytgandek bo'lsa, yo'qotishlarning o'rnini to'ldira oladigan yigitlarga egamiz. Bundan havotir olish kerak emas. Misol uchun PFL Kubogida ishtirok etayotgan tarkibimiz tajribali futbolchilardan iborat bo'lsa, qolgan ikkinchi tarkibimizni sinov-nazorat o'yinlarini tashkil etgan xolda sinab ko'rmoqdamiz. Qolaversa asosiy tarkibda 1995 yilda tug'ilgan ikki nafar futbolchini doimiy ravishda o'ynatmoqdaman. To'g'ri hamma futbolchilarga o'ynash imkonini berishimiz qiyin. Shu bois kun ora nazorat o'yinlarini tashkil etmoqdamiz. Bu orqali ularning nimalarga qodirligini ko'rib, saralab olamiz.
- Yuqorida nomlari aytib o'tilgan tajribali futbolchilar bu yil oliy liga klublaridan o'rin olmasa, u xolda "NBU-Osiyo"da o'ynashi mumkinmi?
- Tan olish kerak, moddiy jihatdan jamoamizning imkoniyati u qadar yuqor emas. Lekin shuni istardimki, bu yigitlar birinchi o'ringa oylik maoshni qo'ymasdan jamoamizga yordam berishlarini. Imkoniyatim bo'lganida ularning hammasini jamoamda olib qolgan bo'lardim. Lekin ularni majburlab olib qolib ham bo'lmaydi. Hammasi ularning o'z ixtiyoriga bog'liq.
- Ma'lum muddat jamoada shug'ullanib, keyinchalik o'zga klubga o'tib ketsa, bundan sizlarga nima naf?
- Bu futbolchilar yig'inimizda ishtirok etib turishini o'zlari so'rashdi. Kecha o'zim ham ular bilan birga futbol o'ynaganman. Shuning uchun qanday qilib ularga rad javobini berishim mumkin. Tajribali o'yinchilarning biz bilan shartnomasi yo'q. Aks xolda ularni elita jamoalariga sotish orqali moddiy foyda ko'rardik. Lekin insoniylik jihatdan ham ularning o'ziga jamoa topguniga qadar shug'ullanib turishlariga ruhsat berdik. Yaqinda Ilyos Zeytullaev ham biz bilan birga shug'ullanib, yakunda Italiya "A" seriyasi vakili "Torino" bilan shartnoma tuzishga erishdi. (Kulib) Qo'limiz engil shekilli. Balki qolgan futbolchilar ham bizning jamoadan oliy ligaga yo'l olar. Chempionat startiga qadar reglament bo'yicha 25 nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkazamiz. Agarda shulardan 5 nafari tajribali o'yinchilardan iborat bo'lsa, maqsadga muvofiq bo'lardi. Qolgan 20 nafari o'z qarashlarimizga mos tushgan yoshlardan iborat bo'ladi. Yaqin orada rahbariyat shartnoma imzolashga ruhsat bersa, talabimizga javob bergan o'yinchilar bilan bitim tuzamiz.
- O'zlarini ko'rsatayotgan yoshlardan kimlarni a'loihad ko'rsata olasiz?
- Bu borada kimnidir ayta olmayman. Ammo o'zini ko'rsatishga intilayotgan bolalar ham yo'q emas. Hozir "Paxtakor" yoshlar jamoasidan Vladislav Pavlovskiy bilan Jamoliddin Saidov bor. Shuningdek "Bunyodkor" o'rinbosarlar tarkibidan ham bir nechta yoshlar kelgan. Ularni sinovdan o'tkazyapmiz. Ochig'ini aytganda, 1995 yilda tug'ilgan futbolchilarni topish qiyin kechmoqda. Tajribali o'yinchilarku etarli. Biroq yoshlar hozir hamma klubga kerak.
Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.