Coca Cola Superligasi. Eng ko'p o'yinni boshqargan va cho'ntagini hammadan ortiq kovlagan hakamlarni bilasizmi?

Оқил Абдубарноев
13 iyul 2023, 15:10
Birinchi davra yakunlarini sarhisob qilishda davom etamiz.

Yarim mavsum davomida 23 ta hakam uchrashuvlarni boshqarib bordi. Ilk davradla eng ko'p o'yin Ilgiz Tantashevga ishonib topshirilgan - 8 ta. Shavkat Nasibullaev, Akobir Shukrullaev va Asker Najafaliev esa 7 ta bahsda bosh hakamlik qilgan. 

Ogohlantirish borasida esa Asker Najafaliev yetakchi, u 44 marta quyosh rangidagi kartochkasini cho'ntagidan chiqargan. Tantashev esa 38 marta bu ishni takrorlagan. 5 ta o'yinni boshqargan Rustam Lutfullinda esa bu ko'rsatkich 28 tani tashkil etadi.

Futbolchilarning peshonasini changallashga majbur qiladigan qo'rqinchli kartochkani ko'rsatishda esa Rahimbek Karimov yaqqol peshqadam, u 7 marotaba jamoa vakillarini muddatidan ilgariroq kiyinish xonasiga kuzatib qo'ygan. Joriy mavsum Superliga doirasida Rahimbek Karimov o'zi boshqargan atigi bir o'yinda qizil kartochka ko'rsatmagan.

11 metrli nuqtaga ishora qilishda esa Firdavs Norsafarovning natijasi yuqoriroq, u 5 marotaba jamoalarni "lotoreya"ga taklif qilgan. Abdurashid Xudoyberganov va Aziz Asimov esa 4 tadan penalti belgilagan.

Coca Cola Superligasi. Eng ko'p penaltini qaysi jamoa tepgan va qaysi jamoa darvozasiga eng ko'p 11 metrli jarima zarbasi belgilangan?

Coca Cola Superligasi. Eng ko'p muxlis vodiyda, eng kami esa... 

Coca Cola Superligasi. Birinchi davraning esda qolarli lahzalari 

Coca Cola Superligasi. "Qizilqum" chetlatilish bo'yicha chempionlikka da'vogarlik qilmoqda 

Coca Cola Superligasi. Quyoshrang qog'ozni kim sevadi-yu, kim yoqtirmaydi 

Coca Cola Superligasi. Qaysi jamoa maydon burchagidagi bayroqchani ko'proq bezovta qilgan? 

Coca Cola Superligasi. Eng ko'p va eng kam aniq zarba Toshkent klublariga tegishli 

Coca Cola Superligasi. Eng ko'p zarbani eng ko'p gol o'tkazib yuborgan jamoalardan biri yo'llagan 


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia