Chilining JCH-2014 uchun ro'yxatida 24 nafar futbolchi qoldi

Narzulla Saydullayev
25 may 2014, 10:49
Chili terma jamoasining Braziliyadagi mundial uchun kengaytirilgan ro'yxatidan 6 nafar futbolchi chiqarib tashlandi, deb xabar bermoqda AFP.
Quyidagi futbolchilar ro'yxatdan olib tashlandi: Paulo Garses ("OXiggins"), himoyachi Enco Andiya ("Universidad Katolika"), yarim himoyachilar Pablo Ernandes ("OXiggins") va Matias Fernandes ("Fiorentina"), hujumchilar Gustavo Kanales ("Union Espanola"), Esteban Paredes ("Kolo-Kolo").

2 iyunga qadar tarkibdan yana bitta futbolchi chiqarib tashlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net