Chililik posbon: "Messi endi yutqazish va jim turish navbati senga keldi"

Eldor Akmurzayev
12 iyul 2019, 01:30
Chili terma jamoasining sobiq kiperi Jonni Errera Argentina sardori Lionel Messining Kopa Amerikada ishlagan hakamlardan noroziligi haqidagi gap-so'zlariga o'z munosabatini bildirdi.

Argentinada ikkita chempion bor: biri – boshqaruv bo'yicha, ikkinchisi esa qo'l bilan urilgan gol tufayli. Messi, endi yutqazish va jim turish navbati senga keldi. Messi Chili bilan o'yinda (JCH-2018 saralash, 1:0) hakamni xaqorat qilgani uchun 4 uchrashuvga diskvalifikaciya qilingandi. Barchamiz o'sha yerda edik. Biroq, keyin uning jazo muddati qisqartirilib, bitta o'yindan iborat bo'ldi. Oqibatda barchasi biz uchun Messining Ekvadorga (JCH -2018 saralash, 3:1) qarshi o'yinda yaxshi harakat qilgani bilan yakunlandi. Hozir esa Messi nima haqida gapirmoqda?, – deydi  Errera.

Eslatib o'tamiz, JCH-2018ning saralash bahslari doirasidagi Argentina – Ekvador bahsida Messi qayd etgan xet-trik Chilining Rossiyadagi mundialga bormasligi uchun zamin yaratgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo