
Cherishev "Qirollik klubi" futbolchisi hisoblanadi, ammo u "Vilyarreal"da ijara asosida to'p tepmoqda. Shartnomada ikki klub o'rtasidagi o'yinda Cherishev maydonga tushmasligi belgilab qo'yilgan.
"Men buni qabul qilishim va bu mavzu borada boshqa gapirmasligim kerak. Ammo "Real"ga qarshi o'ynash uchun borimni bergan bo'lardim. Bu uchrashuv biz uchun juda muhim hisoblanadi. "Santyago Bernabeu"da biror nimaga erishish qiyin. Ammo jamoaga ishonaman" - deydi Cherishev.