Cherchi: "Atletiko" safida ko'proq o'ynashga tayyorman"

Aslanov Jasurbek
25 okt 2014, 15:09
"Atletiko" hujumchisi Alessio Cherchi poytaxt klubida o'zini to'liq ko'rsatishga tayyor.

"Men "Atletiko"ga transfer oynasining so'nggi kunida o'tdim. Men o'zim harakat qilayotgan darajamga yetishimga ishonaman. So'nggi oy davomida o'z murabbiyim qo'l ostida jiddiy jismoniy mashg'ulotlar bilan shug'ullandim. Jamoada ko'proq o'ynashga tayyorman" - deydi futbolchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com