

“O'ylashimcha, yaqin kunlarda federatsiya bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishamiz. Oldimizda Millatlar ligasi, Yevropa chempionati singari katta musobaqalar bor. Bu turnirlarda ham o'z kuchimizni namoyish etishimiz lozim. Albatta, kutilmagan “qoqilish”lar bo'lishi tabiiy. Ammo harakat qilishdan to'xtamaslik lozim. Boshqa jamoalar bilan muzokara olib borganim yo'q. Faqat RFI bilan aloqadamiz. Bu mening uslubim”, deya vaziyatga oydinlik kiritdi Cherchesov.
Rossiya terma jamoasi Cherchesov qo'l ostida JCH-2018 chorak finaliga qadar yetib bordi. Murabbiyning amaldagi shartnomasi avgustda nihoyasiga etadi.
Ilgariroq Cherchesovning RFI bilan tuzadigan yangi shartnomasida oylik maoshi yiliga turli bonuslar bilan 3 millioen evroni tashkil etishi haqida xabarlar tarqatilgandi.



