Chempionlik uchun jiddiy kurashni maqsad qilgan "Atletiko" navbatdagi transferini rasman e'lon qildi

Khoja
28 avg 2024, 09:15
"Atletiko" navbatdagi transferini amalga oshirdi.

 Madridliklar "Atalanta" darvozaboni Xuan Mussoni ijaraga oldi. Darvozabonning bir yillik ijara narxi 1,5 million evro va keyinchalik "Atletiko" 30 yoshli darvozaboni 7 million evroga sotib olishi mumkin.

Darvozabon o'tgan mavsumda A Seriyada 11 ta o'yinda maydonga tushib, 12 bor to'p o'tkazib yuborgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com