Chempionlar ligasi. Bugun 3-tur o'yinlari yakuniga etadi

Narzulla Saydullayev
18 okt 2017, 09:20
Bugun Yevropa chempionlar ligasida guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan navbatdagi 8ta o'yin bo'lib o'tadi.

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi "Benfika" mehmoni bo'ladi. Yangi bosh murabbiyga ega bo'lgan "Bavariya" esa o'z uyida "Seltik" bilan to'qnash keladi. Italiyalik murabbiy boshchiligidagi "Chelsi" "Roma" bilan o'ynaydi. "Barselona" o'z maydonida Gretsiyaning "Olimpiakos" klubini qabul qiladi.

"Qorabog'" - "Atletiko" uchrashuvi soat 21:00ga belgilangan. Qolgan barcha o'yinlar Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi. 


"A" guruhi

SSKA - Bazel     
Benfika - Manchester Yun     

"B" guruhi
Anderlext - PSJ     
Bavariya - Seltik     

"C" guruhi
Qorabog' - Atletiko M     
Chelsi - Roma     

"D" guruhi
Yuventus - Sporting L     
Barselona - Olimpiakos

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia