"Chelsi"dan tekinga olingan Solanke "Liverpul"dagi debyut o'yinida gol urdi, "Kristal Pelas" taslim etildi + FOTO

Tolibjon Qosimov
19 iyul 2017, 20:00
Yevropa jamoalari yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.

APLning ayrim jamoalari Osiyoda o'ziga hos APL kubogini o'tkazishmoqda. Bu ushbu turneda yarim final bellashuvlari o'tkazildi. Klopp boshchiligidagi "Liverpul" "Kristal Pelas"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvda "Chelsi"dan tekinga olingan Dominik Solanke "qizillar" uchun debyut o'yinidayoq o'z hisobiga gol yozib qo'ydi.

"Premier League Asia Trophy"
Gong Kong
, 19.07.2017
"Liverpul" - "Kristal Pelas" 2:0
Gollar:
D.Solanke 61, D.Origi 79

"Liverpul": Minole, Aleksander-Arnold (Flanagan, 46), Matip (Lovren, 46), Gomes (Klavan, 46), Moreno (Milner, 46), Xenderson (Solanke, 50), Lallana (Koutino, 47), Vudbern (Gruyich, 47), Salax (Kent, 50), Firmino (Veynaldum, 47), Starrij (Origi, 47).

"Kristal Pelas": Xennessi, Uord, Dann (Kelli, 75), Dileyni, Taunsend (Van-Bissaka, 58), Milivoevich (Loftus-Chik, 75), Panchon (Fillips, 75), Shlupp (van Anxolt, 58), Zaa (Kirbi, 75), Anderson (B.Sako, 65), Benteke (Ladapo, 71).


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/premierleague