"Chelsi" yarim himoyachisini "Granada"ga ijaraga beradi

Alisher
7 sen 2020
"Chelsi" chap qanot yarim himoyachisi Kenedi faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.

24 yoshli o'yinchi ijara asosida "Granada"ga o'tadi. Braziliyalik futbolchi bugun yangi jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgan taqdirda klub tarkibiga borib qo'shiladi.

Kenedi 2019/20 yilgi mavsumni "Xetafe"da o'tkazdi. Futbolchi Madrid yaqinidagi klub safida 27ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 5ta assist qayd etdi.

"Chelsi" yarim himoyachini "Fluminense"dan 2015 yilda 8 million evro evaziga transfer qilgandi. Transfermarkt o'yinchini 9,5 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: The Athletic