Chelsi yanvar oyida Falkaodan voz kechib boshqa hujumchi olmoqchi

Narzulla Saydullayev
15 noya 2015, 09:14
Chelsi Monakodan ijaraga olingan Radamel Falkao bilan shartnomani bekor qilmoqchi.

29 yoshli kolumbiyalik futbolchi bu mavsumda bittagina gol urdi. Falkao Chelsini tark etsa London klubi Xaver Ernandes (Bayer) yoki Pako Alkaser (Valensiya) kabi hujumchilardan birini olib kelishi mumkin, deb xabar bermoqda ESPN.

Oldinroq Falkaoni Sankt-Peterburgning Zenit klubi ijaraga olmoqchi ekani haqida xabar chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: espnfc.com