"Chelsi" yangi futbolchisi borasida kelishib, uni tibbiy ko'rikdan o'tkazib bo'ldi

Aslanov Jasurbek
28 noya 2022, 22:22
"Chelsi" tez orada yangi futbolchi xarid qilganini ma'lum qiladi.

"Aristokratlar" "Leyptsig"ning 25 yoshli hujumchisi Kristofer Nkunkuni o'z safiga qo'shib oladi. Futbolchi londonliklar uchun tibbiy ko'rikdan o'tib bo'ldi. "Chelsi" fransiyalik uchun nemis klubiga 60 mln. evro to'laydi.

APL klubi va Nkunku 2023 yilning yozidan amal qiladigan uzoq muddatli shartnoma imzolab bo'lishgan.

Kristofer Bundesliganing 15ta uchrashuvida 12ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano