“Chelsi” yangi darvozabon xarid qilishga yaqin

7 sen 2020, 08:56
Londonliklar Liga 1 klubi darvozabonini sotib oladi.

“Chelsi” “Renn” posboni Eduar Mendini o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi. Ma'lum bo'lishicha, tomonlar muzokaralarning yakuniy bosqichida. Mendi 28 yoshda bo'lib, u Senegal terma jamoasi a'zosi hamdir. London klubida boshqa variantlar borligi ham aytilmoqda. Avvalroq “Ayaks” posboni Andre Onana hamda PSJ darvozaboni Alfons Areolaning xizmatlari “Chelsi”ga taklif etilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Twitter/@RealKevinPalmer