

"Chelsi" va Fransiya terma jamoasi sobiq a'zosi Loik Remi faoliyatiga yakun yasadi. Bu haqda "Get French Football News" xabar bermoqda.
Sobiq hujumchi "Chelsi"dagi davri orqali mashhur. Shuningdek, u "Nicca", "Lion", "Marsel", "Nyukasl", "Kristal Pelas" va boshqa ko'plab klublarda o'ynagan, Fransiya terma jamoasida 31 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urgan.
Umuman olganda, Remi faoliyati davomida 7 ta sovrin yutgan. 36 yoshli forvardning so'nggi klubi "Brest" edi.



