

"Chelsi" murabbiylar shtabi Remiga ishonch bildirmayapti va uni yozdayoq sotib yuborishmoqchi. Remi va klub o'rtasidagi bitim 2018 yilgacha belgilangan.
Remi 2014 yilda "Nyukasl"dan "Chelsi"ga o'tgan edi. So'nggi mavsum 30 yoshli fransiyalik ijara asosida "Kristal Pelas" sharafini himoya qildi, biroq jarohat tufayli Remi bor-yo'g'i Premer-liganing 5 ta uchrashuvida ishtirok etdi.
Oldinroq Remiga "Renn" qiziqish bildirayotgani e'lon qilingandi.



