"Chelsi" Terriga yangi shartnoma taklif qilishi mumkin

Narzulla Saydullayev
4 dek 2014, 20:26
Jon Terri "Chelsi" bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.
Sun Sport nashrining xabariga ko'ra, "ko'klar" o'z tarbiyalanuvchisiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.

Terrining hozirgi kelishuvi 2015 yil yozida tugaydi. Manbaning xabariga ko'ra, "Chelsi" himoyachiga 2 yillik shartnoma taklif qilmoqchi.

Terri "Chelsi"da 1998 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. Shundan buyon u faqat bir necha oyga "Nottngem Forrest"da ijarada o'ynab qaytgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: euro-football.ru