"Chelsi" Teo Ernandes transferiga qiziqish bildiryapti

Sherzod Nurmatov
30 dek 2021, 22:01
Londonliklar "Milan" bilan muzokaralar olib borish niyatida.

Xabar berishlaricha, “aristokratlar” “rossonerilar”ga 24 yoshli fransiyalik masalasida so'rov yuborishgan.

Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, "Milan" Teo Ernandes uchun kamida 60 million evro taklif qilinsagina u bilan xayrlashishga tayyor.

Ernandes 2021/2022 yilgi mavsumda "Milan" tarkibida 20 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tuttosport